Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi

  • 07:42 / 15.08.2016
  • 4741

Yetti marta Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan o‘zbekistonlik gimnastika ustasi Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlamaydi. Bu haqida u Rio-de-Janeyrodagi ishtirokidan keyin jurnalistlarga ma'lum qildi. 

"Men sportdagi faoliyatimni yakunlamayman, mashq qilishda davom etaman", - deya ta'kidladi 41 yoshli gimnastikachi. Eslatib o‘tamiz, u turli yillarda O‘zbekiston, Germaniya hamda MDH (Birlashgan jamoa) terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 

2016 yildagi Olimpiya o‘yinlarida Chusovitina tayanch sakrash bo‘yicha yettinchi o‘rinni egalladi. 

Teglar