Olga Seryabkina nega “Serebro”ni ham, “Molli” taxallusini ham tark etdi?

  • 16:07 / 25.05.2020
  • 424

 Taniqli MALFA leybliga qarashli “Serebro” guruhi qo‘shiqlarini ko‘pchilik yaxshi biladi va sevib eshitadi. Bu guruhning raqsbop qo‘shiqlari, ayniqsa, yoshlar orasida juda mashhur. Bundan ikki yil oldin uch nafar qizlardan tashkil topgan “Serebro” guruhi tarqalib ketgan edi. Guruhning bosh xonandasi Olga Seryabkina to‘satdan guruhdan chiqqanligini e’lon qilgan. Buning sababini hech kim aniq tushunmagan edi. Endi ma’lum bo‘lishicha, “Serebro” guruhi a’zosi Olga MALFA leyblini Maksim Fadeyevning taklifi bilan tark etganligini oshkor qildi. Bunda prodyuser Maksim Fadeyev uning hamkorligida yozilgan barcha qo‘shiqlarga egalik huquqini Olgaga bergan edi.

MALFA’dan ketgach, Olga “Serebro”ni ham “Molli” taxallusini ham ortda qoldirgan. “Men yolg‘on gapirmayman, leybldan ketishimning sababi Maksimning o‘zi edi. Leybldan keyin men boshqa studiya topdim, hayot davom etadi. Hozir men faqatgina Olga Seryabkinaman. Bu mening haqiqiy qarorim edi”, deydi Olganing o‘zi.

Olga Maksimdan qo‘shiqlar huquqini unda qoldirgani uchun minnatdor ekanligini aytgan. Karantin vaqtida Seryabkina uyda bekor o‘tirmagan, mini-albomlar debyuti bilan shug‘ullangan.

Ma’lumot uchun
Seryabkina 2018-yil “Serebro”ni tark etgan. 2019-yilning oktabrida esa Fadeyev o‘zining MALFA’sidagi musiqachilarning bari bilan shartnomalarni tugatgan. 

Teglar