O‘lim belgisi: nega sharqiy osiyoliklar “4” raqamidan qo‘rqishadi?

  • 15:21 / 09.10.2019
  • 377

Xitoy, Yaponiya va Koreya sayyoraning asosiy iqtisodiy va texnologik flagmani hisoblanadi. Biroq, bu mamlakatlar aholisi xurofot va belgilarga ishonish bo‘yicha ham yetakchi o‘rinlarni hech kimga bermay keladi. Xitoy, yapon va koreyslarning asosiy qo‘rquvi – bu ular o‘lim belgisi deb ataydigan “4” raqamidir. Raqam sehriga va uning inson hayotiga ta’siriga ishonadigan xitoylikda bu qarash juda jiddiy qabul qilinadi. Ushbu qo‘rquv hatto – tetrafobiya deb nom oldi.

“4” raqamidan qo‘rqish

Xitoy tilidan tarjima qilganda “to‘rt” – “o‘lim” kabi tovushlarni anglatadi. So‘z faqat talaffuzdagi ohangda farq qiladi. Xitoy tilida bo‘g‘inlar cheklangan miqdorda bo‘lib, ko‘p hollarda fonetik noaniqlikka olib keladi. Masalan, “94” raqamini talaffuz qilishda uni “uzoq vaqt o‘lik narsa”, deb talqin qilish mumkin.

Janubiy Koreyada avtoturargoh 

Bu so‘z xitoyliklardan ozgina o‘zgartirilgan holatda, yapon, koreys, vyetnam va janubi-sharqiy Osiyoning boshqa tillariga kirib kelgan. Osiyoliklar kundalik hayotda 4 raqamidan qochishadi va bu son bilan bog‘liq hech gapni aytmaslikka harakat qilishadi. Ular kasal qarindoshining yonida bu sonni talaffuz qilmaydi va biror narsani to‘rt juft qilib ham bermaydi.

Xurofotning ko‘lami

Xitoyda 2004-yilgi Olimpiada o‘yinlarini Pekinda o‘tkazish aynan shu omadsiz son tufayli rad etilgan deb ishonishadi. Samoviy mamlakat navbatdagi, 2008-yilgi Olimpiada o‘yinlariga esa mezbonlik qilgan. Ehtimol, buning sababi Xitoy madaniyatida 8 – “omad” va “baxt” degan ma’noni anglatishidir.

Sharqiy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarda tetrafobiya (4 raqamidan qo‘rqish)ga misollar:

Gonkong Vista Paradiso va The Arch mehmonxonalari 40dan 49gacha bo‘lgan qavatlarni olib tashlagan. Tayvanda uylarni raqamlashda 4 soni ishlatilmaydi. Singapur jamoat transporti operatori esa metro va temiryo‘l vagonlarini raqamlashda “4” raqamini tushirib qoldirgan.

Xitoyning Tayvan Respublikasi va Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari o‘zlarining kemalari, samolyot va raketalariga 4 raqamini qo‘ymaslikka urinadilar. Sharqiy osiyoliklar 14, 24, 34ga va tarkibida “4” bo‘lgan boshqa raqamlarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lishadi.

Teglar