Olimlar ayollar o‘rtasidagi erta o‘limga sabab bo‘luvchi yana bir omilni aniqlashdi 

  • 16:40 / 28.03.2021
  • 102

Amerikalik olimlar homilasi nobud bo‘lgan ayollarda erta o‘lim xavfi 19 foizga yuqori bo‘lishini aniqladilar. 

Mutaxassislar 1993-yildan 2017-yilga qadar Qo‘shma Shtatlarda yashovchi 100 mingdan ortiq ayolni kuzatib, mana shunday xulosaga kelishgan. Shu bilan birga, tadqiqotda ayollar salomatligiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar, jumladan taomlanish hamda turmush tarzini ham hisobga olishgan.

Bunday xavf homilasidan bir necha bor ayrilgan ayollarda nisbatan yuqori bo‘ladi. Olimlar shuningdek, homilaning nobud bo‘lishi ayollar salomatligi bilan qanchalar bog‘liq ekanligini aniqlash uchun yanada ko‘proq izlanishlar olib borish kerakligini ta’kidlashgan.