Olimlar Ebola virusiga qarshi samarali davolash uslubini e'lon qilishdi

  • 02:12 / 14.08.2019
  • 244

Foto: Reuters

Olimlar Ebola virusiga qarshi samarali davolash usulini ma'lum qilishdi. Kongo Demokratik Respublikasida o‘tkazilgan tajribalar natijalariga ko‘ra 2 ta dori: EB3 va mAb14 antibiotiklari 90 foizgacha o‘z samarasini ko‘rsatgan. “Kelajakda bu dorilar kasallikka chalingan bemorlarni davolashda asosiy vosita bo‘la oladi” deydi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti o‘zining bayonotida.

O‘tgan yilning noyabr oyidan boshlangan tadqiqotlar Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti boshchiligidagi tadqiqot guruhi tomonidan olib borilmoqda. Tajribalar qatnashchisi Antoni Fasi muxbirlarga bergan intervyusida natijalar juda yaxshi ekanligini ta'kidladi: “Hozirda anchadan beri yechim topa olmayotgan kasallikka qarshi bizda ikkita dori bor” deydi u.

Ebola virusi Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy hududida 2018-yilning avgustidan tarqala boshlagan va kamida 1800 kishini hayotdan olib ketgan. Kasallikning G‘arbiy Afrika kirib kelishi esa eng katta talofatlarga sabab bo‘ldi. 2013 va 2016-yillar oralig‘ida u Gvineya, Liberiya va Serra Leone davlatlarida 11,300 kishining umriga zomin bo‘lgan.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Mayk Rayan aytishicha ijobiy topilmalar ularga ruh bag‘ishlagan, lekin bularning o‘zigina epidemiyani batamom yo‘q qilish uchun yetarli emas.

“Biz bu ikki dorini qanchalik ko‘p o‘rgansak, virusni davolash va oldini olish yo‘llariga shunchalik yaqinlashamiz. Kasallikni butunlay yo‘q qila olmasak-da, uni hududlarda tarqalishini to‘xtashimiz kerak” deydi xalqaro sog‘liqni saqlash xayriya jamg‘armasi direktori Jeremi Farrar.

Teglar