Olimlar saraton semizlik qoʻzgʻashini aniqlashdi

  • 13:19 / 13.08.2019
  • 169

Britaniyalik olimlar ortiqcha vazn saratonning rivojlanish xavfini kamida ikki marta koʻproq qoʻzgʻashini aniqladilar. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

Buyuk Britaniyadagi Bristol universiteti mutaxassislari ana shunday xulosaga kelishgan. Tadqiqotlar vaqtida saratonning sakkizta turidagi oʻsimta toʻqimalarining faolligi aynan semizlik bilan bogʻliqligi aniqlangan. Keyinchalik genlarning tabiiy oʻzgarishini oʻlchovchi Mendeleyev randomizatsiyasi yordamida olimlar kasallikning rivojlanishida turli omillarning rolini aniqlashdi. Shu tariqa, shifokorlar sabab va oqibatning oʻzaro aloqasiga oydinlik kiritishgan.

Mutaxassislar tana massasining indeksi va saraton rivojlanishi xavfini aniqlashdi.

Avval boshdanoq olti foiz holatlarda ortiqcha vazn saraton kasalliklarining sababi deb qaralardi. Biroq tadqiqot davomida olimlar bu koʻrsatkich ancha yuqori ekankigini aniqlashga muvaffaq boʻldilar.