Olimpiada sovrindorlariga pul mukofotlari topshirilib, Malibu avtomashinalari sovg‘a qilindi

  • 07:19 / 29.08.2016
  • 11529

Ayni vaqtda Milliy olimpiya qo‘mitasida Rio—2016 Olimpiadasidan sovrindor bo‘lib qaytgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma'lum qilgan.

MOQning telegramdagi kanalida berilgan ma'lumotga ko‘ra, sportchilarga va'da qilingan pul mukofoti sertifikatlari taqdim etilgan.

Shuningdek, kanalda sportchilarga sovg‘a qilingan Malibu avtomashinalari suratlari joylashtirilgan.

Barcha sovrindorlarga, 13 sportchining har biriga bittadan avtomobil sovg‘a qilingani aytilmoqda.

Teglar