Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Spiker saylandi

  • 10:55 / 20.01.2020
  • 553

Foto: president.kg

Bugun, 20-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi ilk majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Qalampir.uz saytining xabariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri saylandi. 

O‘zbekiston Siyosiy partiyalar vakillar Kengashining raisi Akmal Hayitov yig‘ilishda so‘z olib, avval mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga saylovlarning ochiq va oshkora o‘tgani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Qonunchilik palatasi Spikerligiga munosib nomzodni tavsiya etish uchun hozirgina Siyosiy partiyalar vakillar Kengashi majlisini o‘tkazdik. Vakillar kengashidagi nomzodning qonun ijodkorligi sohasidagi bilim va tajribasini, parlament quyi palatasini ishini samarali tashkil etish qobiliyati va salohiyatini hisobga olib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Nurdinjon Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylashni tavsiya etadi”, dedi Siyosiy partiyalar vakillar Kengashining raisi. 

150 deputatdan 147 nafari nomzodni yoqlagan, 2 nafari betaraf va  1 kishi umuman ovoz bermagn.