Oliy Majlisda Odob komissiyasi tuzildi

  • 13:39 / 24.03.2020
  • 185

Parlament quyi palatasining majlisida Odob komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, deputatlarning o‘z deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida deputatlik odobi qoidalari hamda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi tuzildi.


Mazkur komissiyaga Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zohidov rais etib saylandi.

Komissiya tarkibiga esa, siyosiy partiyalar fraksiyalarining parlament faoliyatida salmoqli tajribaga ega, deputatlar korpusi o‘rtasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan deputatlari kiritildi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Odob komissiyasining nizomi, deputatlarning deputatlik odobi qoidalari tasdiqlandi, deyiladi xabarda.