Oliy ta’limga qabul kvotalari tasdiqlandi

  • 09:11 / 13.06.2020
  • 1798

2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi.

Bu borada “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

Unga ko‘ra, – 
bakalavriat:

- kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar;
- sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar;
- kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar.

magistratura – 10 425 nafar.