Olmaliqdagi xonadondan 4 kilogrammga yaqin marixuana topildi

  • 12:03 / 03.12.2019
  • 20

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 29-noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik moddasini saqlash bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.

Postda.uz’ning xabar berishicha, tadbir davomida shahar IIB xodimlari tomonidan Sharof Rashidov ko‘chasidagi xonadonda yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan Ya.S. ning uyi tekshirilgan. 

Natijada Ya.S.ning uyidan 3 kilogramm 835 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.