Oltin eksporti. O‘zbekistonda oltinning eksportdagi hajmi oshgan

  • 10:26 / 03.02.2020
  • 325

O‘zbekiston o‘tgan yilning yanvar oyidan dekabr oyiga qadar y’ani, bir yil davomida necha milliard dollarlik oltin sotgani ochiqlandi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti ma’umot berdi.

Unda aytilishicha 2019-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 4,9 milliard dollarlik oltin eksport qilgan.

E’tiborli tomoni, umumiy eksport tarkibida oltinning ulushi 27,5 foiz. 2018-yilda eksport tarkibida oltinning ulushi 20,8 foizni tashkil etgan, 2017-yilda esa bu ko‘rsatkich 26,0 foizdan iborat bo‘lgan.

Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirgan. Masalan, oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollardan, 2016-yilda 738,2 million dollardan, 2017-yilda 1,6 milliard dollardan va 2018-yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etgan. Darvoqe, yuqoridagi ko‘rsatkichlar evaziga O‘zbekiston oltin eksport qilish bo‘yicha yetakchilar qatoridan joy olgan.