Oltin O‘rda xonligi davrida maxsus muzlatkichlar qurilganligi isbotlandi  

  • 13:22 / 08.11.2019
  • 527

Oltin O‘rda xonligi davri xarobalarini qazish ishlari davomida xuddi quduqqa o‘xshab qurilgan muzlatkich – muzxona topilgan. Ilmiy izlanish rahbari Dmitriy Kubankinning ma’lumotiga ko‘ra, qazish ishlari 10 metr chuqurlikka yetganida aniqlangan bu “inshoot”ning kirish qismi qopqoq bilan yopilgan. Muzni o‘yib yasalgandek taassurot uyg‘otuvchi bu quduqning oxiri xonalarga tutashib ketgan.
  
Arxeologlarning taxminiga ko‘ra, bu muzquduqdan oziq-ovqatlarni saqlash maqsadida foydalanilgan. Ya’ni, bu inshoot o‘sha davrda muzlatkich vazifasini o‘tagan.  Chunki, u odamlar yashaydigan joyga juda yaqin qurilgan.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan hozircha to‘xtatilgan qazish ishlarini  2020-yilda davom ettirish  rejalashtirilgan.