“Oltin uchburchak”: Surxondaryoda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha ish boshlaydi

  • 10:13 / 02.06.2020
  • 316

Vazirlar Mahkamasining Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
 
Qaror bilan quyidagilar: 

2020–2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi;

Surxondaryo viloyatida sanitariya-epidemiologik talablarga qatiy rioya etgan holda “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejalari;

Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa), “Qoratepa” va “Fayoztepa” hamda “Dalvarzintepa” yodgorliklarini sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi.

 2020-yilning iyul oyidan boshlab, Termiz-Sariosiyo-Denov-Boysun-Sherobod-Termiz yo‘nalishi bo‘ylab turistlar uchun mo‘ljallangan avtobuslarning “City Tour” prinsiplari asosida muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yish orqali “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish belgilandi.

Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan – Boysun kichik turizm zonasiga investorlar jalb qilish choralarini ko‘radi.