Oltin va kumush tangalar narxi qimmatlashdi

  • 11:22 / 26.03.2020
  • 160

O‘zbekiston Markaziy banki qimmatbaho esdalik tangalarning yangi narxini ma’lum qildi. 
 
Unga ko‘ra, 2020-yil 26-martdan amaldagi esdalik oltin tanga va kumush tanganing narxi qimmatlashdi.

Jumladan:  
1 ta oltin tanga narxi – 15 mln. 900 ming so‘m; 
(1 mln. 500 ming so‘mga qimmatlashgan. Avvalgi narxi 14 mln. 400 ming so‘m)
1 ta kumush tanga narxi – 266 ming so‘m; 
(30 ming so‘mga qimmatlashdi. Avvalgi narxi 236 ming so‘m)
Ma’lumot uchun, esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi esa 999,9 ga teng. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-mart kuni ushbu tangalarning naxri keskin arzonlashgan edi