O‘n to‘rtinchi o‘lim: koronavirusga chalingan samarqandlik bemor vafot etdi

  • 12:58 / 27.05.2020
  • 68

Samarqandlik koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon - tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samarqandlik I. shu yilning 19-may kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida og‘ir ahvolda  yotqizilgan. Paxtachi tumanida yashovchi 63 yoshli (erkak) ushbu bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironi bo‘lib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya og‘ir darajasi  tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017-yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

Shu yilning 25-may kuni bemorning  ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo bo‘lgan va reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, bu Samarqand viloyatidagi o‘lim bilan bog‘liq ikkinchi holat bo‘lib, joriy yil 18-may kuni ham bir bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan edi.