Operatsiya kutilganidek amalga oshirildi

  • 14:01 / 13.01.2020
  • 52

Respublika jarrohligi tarixida ilk bor bosh miyada olib borilgan neyroendoskopik amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi.

Operatsiya bir yarim soat davom etdi

Ilg‘or texnologiyaning afzalligi shundaki, endoskop orqali inson bosh miyasi asosida joylashgan o‘smalar mini invaziv usulda olib tashlanadi. Birinchi jarrohlik amaliyoti ham shu yo‘sinda olib borildi. Bemorni bezovta qilayotgan kasallik bo‘yicha burun va sfenoidal bo‘shliq orqali kirilib, gipofiz bezi o‘smasi bartaraf etildi. Butun amaliyot jarayoni monitorda aks etib turdi. Va bir yarim soat davom etgan murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.