O‘qituvchilar uchun 10 xil foydali texnologik qo‘llanma

  • 05:28 / 22.04.2015
  • 5122

XABARDOR.UZ - Texnologiyalar sohasida so‘nggi yillarda shiddatli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu borada o‘qituvchi va talabalar uchun bilim olishda keng imkoniyatlar bor. Hozirda o‘quvchilarga dars berish jarayoni ham turli interfaol qo‘llanmalar yordamida yanada  qiziq olib borilmoqda. Quyida keltirilgan 10 xil moslama bilan bilim berish jarayonini yanada qulaylashtirish mumkin. Bu texnologik qo‘llanmalar Amerika va G‘arb davlatlarida juda ommalashgan bo‘lib, ularning vazifasi dars jarayonini yanada samarali tashkil etishdan iborat. Keling, ular bilan tanishamiz.

1. BetterLesson (Yaxshiroq dars)

BetterLesson o‘qituvchilarga darslarni imkoni boricha foydali olib borish uchun yordam beradi. BetterLesson ingliz va matematika fanlari uchun yuzlab mohir o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan dars ish rejalariga ega.

Darslar ularni qanday olib borish kerakligini tushuntiruvchi izohlar bilan yozilgan. Bunga qo‘shimcha tarzda ustoz o‘qituvchilar tomonidan video lavhalar ham mavjud. O‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan, ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘lgan eng foydali qo‘llanmalardan biridir

2. GoConqr

GoConqr bu o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘rganish jarayoniga oid ma'lumotlarni o‘zaro bo‘lishish imkoniyatini beruvchi shaxsiy o‘rganish muhitidir. O‘qituvchilar Mindmap, Note-taking, Flashcard, va Quiz making (Topishmoq tuzish) kabi moslamalardan foydalangan holda qiziq darslarni yaratishlari mumkin.

GoConqr ham 2 milliondan ortiq o‘rganish resurslardagi kutubxonalarni taklif etadi.

3. BloomBoard

BloomBoard esa maktablarda o‘tilgan darslarni o‘quvchilar qanday o‘zlashtirayotganini tekshirishni ta'minlaydi. Rivojlanish va qo‘llab-quvvatlashni taklif etuvchi bu texnologiya juda qimmat bo‘lishi mumkin, ammo u sinfda dars jarayonini kuzatish va real vaqt rejimida eng mohir o‘qituvchilar bilan suhbatlashish imkoniyatini taklif etadi.

4. GradeBook Pro

GradeBook Pro o‘qituvchilarga sinfni boshqarishda yordam beruvchi eng yaxshi ilovalardan biridir. Ilovaning eng asosiy xususiyatlaridan biri, o‘qituvchilar undan talabalar diqqatini tekshirish maqsadida foydalanishlari mumkin.

Ilovaning eng foydali qismi, shundan iboratki, o‘qituvchilar yil davomida har bir o‘quvchiga erishayotgan muvaffaqiyati bo‘yicha alohida izohlar yozishi mumkin, bu esdalik uchun juda qulay!

5. Edmodo

Edmodo o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida birdek foydalanilayotgan ilovalar orasida juda mashhur. U allaqachon keng tarqalgan, endilikda esa yangi qulayliklar taklif qilinmoqda, bularga Common Corega asoslangan yangi kutubxonani ham kiritish mumkin.

6. FineTune

FineTune o‘quvchilarga yozish ko‘nikmalarini oshirishda yordam beradi. O‘qituvchilar namunaviy insholarni boshqa tajribali o‘qituvchilar belgilagan reytinglar orqali baholashlari mumkin.

Yozuv juda muhim ko‘nikma bo‘lib, mazkur ilova tomonidan taklif etilayotgan eng yaxshi imkoniyatdir. Unda yana an'anaviy bo‘lmagan – tarix va ilm-fan darslari ham bor.

7. TooNoisy (juda shovqin)

Too Noisy shovqinli sinflarni xushlamaydigan o‘qituvchilar uchun a'lo darajadagi ilovadir. Bu ilova o‘qituvchilarga sinfda shovqin qay darajada bo‘lishi kerakligini aniqlashga yordam beradi, agar u belgilanganidan ortiqcha bo‘lib ketsa, qo‘ng‘iroq chalinadi. Bu sinfni o‘qituvchi tomonidan tinch holda ushlash uchun yaxshi usuldir.

 8. LightSail

LightSail uy vazifalari uchun yaxshi qo‘llanmadir. Bu elektron tarzda o‘qish ilovasida 80 mingga yaqin matn bor.

O‘qituvchilar LightSailda murakkabliklarni belgilashlari mumkin. Ilovaning yana bir yaxshi imkoniyati - o‘qituvchilar yetarlicha o‘qimayotgan o‘quvchilarni ko‘rishlari mumkin. Ular o‘z sinflarini maktabdagi boshqa sinflar bilan taqqoslash imkoniyatiga ham egalar.

9. Remind101

E'lon va yangiliklarni ota-onalar hamda o‘quvchilarga yetkazish uchun Remind101dan foydalanish mumkin. Bu, albatta, juda taassurotli emasdir, lekin ushbu bepul ilovaning yaxshi tomoni o‘qituvchilar o‘z raqamlarini hech qaychi ota-ona yoki o‘quvchiga bermaydilar.

Bu ilova o‘qituvchilarni o‘zlariga tegishli shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilmagan holda, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan bog‘lanish imkonini beradi.

10. ThinkCERCA

ThinkCERCA o‘qituvchilarga matnlar tuzish va o‘quvchilarda muhokama qilib o‘ylash ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Mavzuni tanlab o‘qish darajasiga moslangan matnni tanlashingiz mumkin. O‘quvchilar matnda amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlarni belgilash va ularning fikrlarini ham bilishingiz mumkin.

Teglar