Oʻqituvchilar uchun eʼlon qilingan maxsus aksiyaga Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt modellari ham qoʻshildi

  • 18:04 / 29.09.2019
  • 901

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

UzAuto Motors kompaniyasi koʻplab talab va istaklarni inobatga olib, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida eʼlon qilingan aksiyadagi avtomobillar modellari qatorini Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt avtomobillari bilan toʻldirayotgani haqida maʼlum qildi.

Aksiya doirasida umumtaʼlim, oʻrta-maxsus va oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari ushbu modeldagi avtomobillarni quyidagi shartlar asosida xarid qilishi mumkin:

–  60% oldindan toʻlov;
–  qolgan summa 1 yil davomida foizsiz toʻlab boriladi.

Muddatli toʻlovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida koʻrsatilgan taʼlim muassasining oʻqituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan maʼlumotnoma) taqdim etishi lozim.

Shuningdek, avtomobilni garovga qoʻyish hamda hatardan sugʻurtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:
– “AS SERVIS” tarmoqlarining dilerlik korxonalari
– “Sergeli Avtotexxizmat” AJ
– “Nurafshon Avtocentr” MCHJ 
– “Qaraqalpaqavtotexxizmet” MCHJ

Avvalroq, oʻqituvchilar uchun Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini xarid qilish imkoni mavjud boʻlgan aksiya haqida eʼlon qilingandi.

Aksiya 2019-yilning 30-sentyabriga qadar amal qiladi.