O‘quvchi darsga bormaslik uchun maktabga o‘t qo‘ydi

  • 15:02 / 16.06.2020
  • 1045

Rossiyaning Novosibirsk viloyati Kupinsk tumanidagi o‘quvchi maktabga o‘t qo‘ygani uchun javobgarlikka tortilishi aytilmoqda. Bu haqida Kupinsk tuman prokuraturasi xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Pokrovka qishlog‘ining 17 yoshli maktab o‘quvchisi yil boshida ta’tildan qaytganidan keyin darsga borishni istamagan va o‘zi o‘qiydigan maktabni yoqib yuborishga qaror qilgan. O‘quvchi yashirincha direktorning xonasiga kirib, kuzatuv kameralarini o‘chirib qo‘ygan. Keyin u geografiya xonasiga kirib, devorga osilgan xaritalarni yoqib yuborgan. Yong‘in tarqalishiga ishonch hosil qilgach, u maktabni tark etgan. Maktab butunlay yonib ketgan.
Hozirda o‘quvchi 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi aytilmoqda.