Oreo qanday qilib mashhurlikka erishgan?

  • 18:55 / 05.01.2017
  • 13994

Ishlab chiqarishning boshlanishi

1912 yilda AQShning «Milliy biskvit kompaniyasi» (NaBisCo) shokoladli biskvit va qaymoqli kremga ega bo‘lgan Oreo pechenelari brendini ishlab chiqara boshladi. Shundan beri mahsulot deyarli o‘zgarmadi, Oreo pechenesi esa AQShdagi eng ko‘p sotiladigan brendga aylandi. 

Oreo'ning AQShdagi raqibi — Hydrox pechenesi. Brend shokoladli pechene-sendvichlarni ancha avvalroq, 1908 yilda ishlab chiqargan bo‘lsa ham, iste'molchilar uni qalbaki Oreo deb qabul qilishadi. Fortune nashrining yozishicha, Hydrox'ning raqobatni teng qilishga hech qanday imkoni bo‘lmagan, sababi NaBisCo eng yaxshi sotuv kanallariga ega bo‘lgan va reklama budjetiga ko‘proq pul ajrata olgan.

Mag‘lubiyatning yana bir sababi Hydrox — brend nomining noto‘g‘ri qabul qilinishidir. 1998 yilgi tadqiqotlarga muvofiq, iste'molchilar Hydrox pechene emas, tozalovchi vosita deb o‘ylashgan.

Oreo'ning esa atalishida hech qanday qiyinchildik bo‘lmagan. Pechene nomining kelib chiqishiga oid bir necha talqinlar mavjud:

Fransuzcha or — «oltin» degan ma'noni anglatadi. Bu fikrning tarafdorlari pechenening birinchi o‘rami oltin rangda bo‘lgan degan nazariyani ilgari surishadi. 

1912 yilda Oreo qutisi

Grekcha όρος so‘zi — «tog‘lar» ma'nosini bildiradi. Bu talqinga muvofiq, pechene mahsulotning sinov vaqtidagi shakliga asoslanib nomlangan. 

Oreo'ning asosiy tarkibi — Sream («krem») va chocolate («shokolad») harflarining birlashuvi nomda xuddi pechenening qismlari sifatida aks etadi. Ya'ni krem («re») shokoladli xamir (ikki «o») orasida joylashgan.

Nomni oson talaffuz qilish mumkin

1923 yilda brendning barcha mamlakatlarda ishlatib kelayotgan shiori paydo bo‘ldi: «Aylantir, yala, burdala». Yaratuvchilarning fikriga ko‘ra, Oreo bekalar farzandlariga pishirib beruvchi uy pechenelari o‘rnini bosishi kerak edi. Ular shirinlikni sut bilan berishgan, shu sababli shior bir necha muddatga pecheneni ichimlikga botirishni tavsiya qiladi.

 

Xitoyda olg‘a surish

1990 yillarda Oreo mahsulotini Amerikadan tashqariga olib chiqa boshlaydi. O‘n yillik oxiriga kelib pechene 30 mamlakat, jumladan Xitoy, Ispaniya va Portugaliyaga ham olib kirildi. Kompaniya Xitoyga eksportni 1996 yilda boshladi.

Brend targ‘ib qilish uchun oldindan tadqiqotlar o‘tkazildi. Ma'lum bo‘lishicha, xitoylik iste'molchilarga Oreo juda ham shirin va achchiq tuyulgan. Moslashtirish uchun mahsulot ta'mini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, xaridorlar yangi shirinlikni juda ham qiimat deb hisoblashdi. Auditoriya e'tiborini qozonish uchun Oreo kichik o‘ramlarda ishlab chiqarila boshlandi. Bu qaror pechenedan shunchaki ta'tib ko‘rish istagida bo‘lganlar uchun ayni muddao edi.

The Wall Street Journal ma'lumotiga ko‘ra, Oreo Xitoyda sotila boshlaganidan buyon eng mashhur pechene brendiga aylangan edi. 2013 yili Mondelez (Oreo brendi egasi) mintaqada savdoning pasayganini ma'lum qiladi. Euromonitor International kompaniyasining tadqiqotiga muvofiq, brendning Xitoydagi savdosi jahon sotuvidan 16 foizni tashkil etdi.

Kompaniya rahbarlarining fikricha, Oreo'ga bo‘lgan qiziqish Xitoyda sog‘lom hayot tarziga e'tibor qaratish va shirinliklardan voz kechish boshlanganidan so‘ng pasaya boshladi. Bu holatni yaxshilash uchun, Mondelez pechenening boshqacha ko‘rinishini — sog‘liq uchun foydaliroq bo‘lgan kunjut urug‘i va quritilgan rezavorli Pacific'ni ishlab chiqara boshlashdi.

Yana bir boshqa talqinga ko‘ra, Oreoning Xitoydagi sotuvi koreys shirinlik ishlab chiqaruvchi Orion faolligi uchun kamayib ketdi.

2016 yilda Mondelez China (Oreo brendi egasi) va Alibaba Group hamkorlik tuzishdi. «Qo‘shaloq lazzat» pechenelar seriyasini reklama qilish uchun Mondelez ikki xonandani tanladi va ular mahsulotni jonli efirda ko‘rsatishdi. Da Chjangvey pecheneni ta'tib ko‘rib, ularni og‘zida ko‘rsatdi va bir vaqtning o‘zida Oreo haqida qo‘shiq ijro etdi. Qo‘shiq matni — Oreo tarkibining ro‘yxati, ohang esa sevgini yodga solar edi. Ksyu Chjikian esa fermentli tvorog va vasabi bilan qovurilgan Oreo’ni ta'tib ko‘radi.

Adage nashrining yozishicha, shirinlik marketologlari brendni targ‘ib qilishda «do‘stona» hazildan foydalanishini aytib o‘tadi . To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida foydalanuvchildar pechene sotib olish uchun tugmani bosishlariga imkon yaratildi. Shu tufayli Oreo Tmall maydoni (Alibaba Groupga tegishli)da rekord darajadagi savdoni qayd etdi, deb xabar beradi Carat. Reklama kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, jonli efirda shouni 4,5 milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash

Oreo yuz yilligi

2012 yilda Oreo o‘zining yuz yilligi munosabati bilan aksiya o‘tkazdi. Ijtimoiy tarmoqlarda 25 iyundan boshlab 2 oktyabrgacha brend vakillari har kuni kundalik voqealarga aloqador bo‘lgan pechenelar suratini joylay boshlashdi. Kompaniya ma'lum qilishicha, Facebook'dagi postlar besh milliondan ortiq layklar to‘pladi va foydalanuvchilar qiziqishi 110 foizga ortdi.

Raqiblarning munosabati

2013 yil mart oyida Twitter foydalanuvchisi Lora Elen (Laura Elen) KitKat va Oreo akkauntlarini qayd etib, yozuv qoldiradi.Unda Lora shokoladni juda ham yaxshi ko‘rgani uchun ikki brendning ham sahifasiga a'zo bo‘lganini aytib o‘tadi. Ikki kun o‘tgach, KitKat brendining vakillari Oreo’ga «iks-nol» o‘yinida bellashishni taklif qilishadi:

Oreo vakillari raqiblar xatiga javob yozishdi. O‘yinni davom ettirish o‘rniga, kompaniya KitKat batonining tishlangan suratini joyladi va quyidagicha izoh qoldirdi:

«Uzr, KitKat. Biz sizlarga qarshi chiqa olmadik. Oreo'ga tanafus bering!»

 

Vaziyatli marketing

2014 yilda «Superkubok» matchi vaqtida chiroq o‘chib qoldi va Oreo vakillari quyidagi izoh bilan pechene surati joylashtirishdi: «Siz qorong‘ulikda nimanidir botirib, so‘rishingiz mumkin». Ushbu postni foydalanuvchilar 15 ming martadan ortiqroq share qilishdi. 

 

Retseptlar

2016 yilda Oreo yalpiz va qulupnay ta'mli pechenelarni cheklangan sonini oshirish uchun retseptlar yozilgan post joylashtira boshladi. Ishlab chiqaruvchi Facebook foydalanuvchilariga o‘z mahsulotini desertning bir tarkibi sifatida ishlatishni maslahat berdi.

Twisted pazandalik Facebook-kanali retseptlar chiqara boshladi va ularda Oreo foydalanuvchilarini qayd etdi. Shu tariqa yozuvlar brendning rasmiy sahifasida va ixtisoslashtirilgan jamiyatda ham paydo bo‘la boshladi. Har bir video uch milliondan tortib yetti million martagacha tomosha qilindi. 

 

Buyuk Britaniyada

Oreo Buyuk Britaniyada 2008 yilda paydo bo‘ldi. Kompaniya targ‘ibot ishini televideniye orqali boshladi. Roliklarda bolakay o‘z kuchugiga pecheneni qanday yeyishni ko‘rsatadi. Reklamaga muvofiq, uni ikki qismga ajratib, kremli nachinkani tanovul qilib, keyin pecheneni sutga botirishni tavsiya qilinadi. 

2015 yil Oreo o‘z brendini targ‘ib qilish uchun quyosh tutilishidan foydalandi. Marketologlar Buyuk Britaniyada bulutli havo tufayli kuzatish qiyin bo‘lgan haqiqiy quyosh tutilishi shahar markazining ekranidagi translatsiyaga «o‘zgartirishdi». Kompaniya oq nachinka va qora pecheneni quyosh rangi va yer soyasiga taqqoslagan holda namoyish etdi. 

Ekranda harakatlanmayotgan nachinkali pecheneni va yer «soyasi» rolidagi nachinkasiz harakatlanayotgan pecheneni ko‘rsatishdi. Ekrandagi tasvir yer soyasining chinakam ko‘chishi bilan sinxronizatsiya qilindi — shu tariqa London va Edinburg aholisi tutilishni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Brend vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kampaniya o‘tkazilgach, Buyuk Britaniyadagi savdo 59 foizga oshdi va mamlakatdagi eng omadli brendga aylandi.

 

Oflayn

2016 yilning iyul oyida Oreo Nyu-Yorke va Los-Andjyelesda bir kunlik ko‘rgazma tashkil qildi. Ishlab chiqaruvchi ekspozitsiya muhitiga urg‘u berdi: tashrif buyuruvchilar o‘zini bolalardek his etdi, sababi xonadagi barcha buyumlar haddan ziyod katta edi, deb yozadi Adweek.

Mazkur ko‘rgazma tvitter va instagramda qaydnomalar va videotarg‘ib qilishni qamrab olgan reklama kampaniyasining bir qismi edi. Rolikda har qanday inson agarda Oreo bilan bo‘lsa o‘zini xuddi uydagidek his etishi ko‘rsatiladi. Twitter foydalanuvchilari turli ko‘rinishdagi pechenelarni yutib olish uchun brend videosini ulashishdi.

Kompaniya Facebook'da rus tilida so‘zlashuvchi auditoriya uchun targetingli sahifani yurg‘iza boshladi. Kompaniya vaziyatli marketingdan foydalandi: yangi filmlar chiqishi va bayramlarga bag‘ishlangan turli postlar qoldiradi.

Teglar