Ortiqxo‘jayev Toshkentning uchta tumani hokimiga xayfsan berdi

  • 16:59 / 21.09.2021
  • 174

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev joriy yil 16-sentyabrdagi farmoyishi bilan Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod va Yangihayot tumanlari hokimlarini intizomiy jazoga tortdi.
 
Hujjat matniga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Sh. Irgashev Yunusobod tumani hokimi J. Ibraximov va Yangihayot tumani hokimi H. Inogamovlar Prezident Administratsiyasining 2021-yil 16-avgustdagi 02-RA 1-13401 sonli topshirig‘iga asosan joriy yil birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘ygan.

Shu bois ularga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri bo‘yicha joriy yil yanvar-may oylari uchun keltirilgan statistik ma’lumotlarda shahar sanoat ishlab chiqarish fizik hajm indeksida kamayish kuzatilmagan. Ammo Yunusobod (2020 yil yanvar-may oylariga nisbatan 78,5 foiz), Mirzo Ulug‘bek (98,2 foiz) tumanlaridagi sanoat ishlab chiqarish hajmlari fizik hajm indeksi sezilarli darajada pasaygan.