“Oshan”: O‘zbekistonda yangi brenddagi avtomobil yig‘iladi

  • 13:02 / 10.06.2020
  • 2014

Xitoyning “Oshan” brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillari Navoiy erkin iqtisodiy zonasida yig‘iladi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
 
Qayd etilishicha, “Navoiy – motors” O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi hisoblanib, loyihaning umumiy qiymati 12 million AQSH dollariga teng.
 
Endilikda Xitoy davlatining “Oshan” brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarni endilikda shu yerning o‘zida yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.
 
– Ayni paytda zavod qurish ishlari jadal davom etmoqda, – deydi korxona rahbari Sherzod Mo‘minov. – Yil yakuniga qadar mazkur ishlar to‘liq yakunlanib, avtmobillar yig‘ish va sotish ishlarini ham boshlab yuborish ko‘zda tutilgan. Avtomobillar narxi taxminan 13 ming AQSH dollaridan 30 ming AQSH dollarigacha bo‘lishi kutilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, Jizzax EIZning “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ bazasida ishlab chiqarilayotgan “Volkswagen Caddy” avtomashinasi joriy yil iyul oyidan mahalliy bozorlarga chiqarilishi haqida yozgan edik.