Oʻsimlik oqsili qanday afzalliklarga ega ekani haqida xabar berildi 

  • 11:54 / 10.08.2019
  • 37

Foto: Pixabay

Nazariy jihatdan hatto mol goʻshtidan tayyorlangan kotletli burgerni sogʻlom yegulik deb atash mumkin. Chunki uning tarkibida oqsil, kletchatka va hayot uchun muhim boshqa elementlar mavjud. Shunga qaramay, kulcha va qaylani sogʻlom ovqatlanishning tarkibiy qismiga kiritib boʻlmaydi. Bundan tashqari, soʻnggi tadqiqot natijalari hayvonlardan olinadigan oqsil 100 foiz foydali emas degan xulosaga olib kelmoqda. Zaruriy oqsilni oʻsimliklardan olish ancha foydali.

Odatda, kelib chiqishi oʻsimliklardan iborat yeguliklardan iborat ovqatlanish ratsioni organizm uchun foydaliroq. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlardan biri ratsioniga yetarli sabzavot va mevalarni kiritgan kishilarda asosan goʻsht isteʼmol qilaganlarga qaraganda yurak qon-tomir kasalliklari 31 foizga, umumiy oʻlim holati xavfi taxminan 20 foizga kamroq ekanini ko‘rsatgan .

Ushbu tadqiqot aynan oqsilni koʻzdan kechirmagan. Tadqiqotning barcha ishtirokchilari hayvon oqsili boshqa asosiy guruhi, sut mahsulotlarini deyarli bir xil miqdorda isteʼmol qilgan. Shunga qaramay, goʻshtni oqsilning boshqa manbalari bilan almashtirish zaruriyati haqidagi xulosaga kelingan.

Albatta, bir yoki bir necha tadqiqot natijasida toʻliq ishonchli natijalarni olish mumkin emas. Biroq nima uchun oʻsimlik oqsili, masalan, dukkaklilar foydali ekani borasida boshqa isbotlar ham mavjud. 

Olimlar steyk va burgerlardan toʻliq voz kechishni taʼkidlashmagan, biroq ularni oʻz meʼyorida isteʼmol qilgan maʼqul. Uzoq muddatli istiqbolda goʻsht, ayniqsa qizil goʻsht istemolini kamaytirish organizmning umumiy holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Oʻsimlik  oqsilining boshqa afzalliklari:

Uning tarkibida toʻyimli modda va kletchatkalar koʻproq (barchasi aminokislota boʻlmasa ham);

Mol goʻshti koʻplab toʻyimli moddalari bilan mashhur. Agar goʻshtning xilma-xil turlari (oq va qizil, faqat mol goʻshti emas, xilma-xil submahsulotlarni ham) isteʼmol qilsangiz), organizm zaruriy shaxsiy oqsil, shuningdek, B12, niatsin, tiamin, B5, B6, B7 va A hamda K vitaminlariga ega boʻladi.

Biroq ratsionni xuddi shunday oʻsimlik oqsili (yongʻoq, urugʻ va dukkaklilar)ga almashtirsangiz, uning foydasi goʻshtli ratsion bilan bir xil boʻladi. Ushbu mahsulotlar toʻyintiruvchi moddalarning oʻxshash tarkibiga ega. Farq shundaki, barcha mahsulotlar tarkibida ham V12 vitamini boʻlmaydi. Biroq uni dengiz suvoʻtlari va toʻyintirilgan boshoqli donlardan olish mumkin.

asosi oʻsimlikdan iborat taomlarni afzal bilgan kishilar sogʻlom odatlarga ega; 

Tadqiqotlardan birida asosi oʻsimlikdan iborat taomlarni isteʼmol qiladigan kishilar umuman olganda sogʻlomroq ekani aniqlangan. Ular sport bilan koʻproq shugʻullanadi, sogʻlom turmush tarziga amal qiladi va oʻz salomatligini kuzatib boradi. Ehtimol, ratsion va turmush tarzi oʻrtasida bevosita aloqa boʻlmasligi mumkin, biroq bu tendensiyani aniq sezish mumkin.

goʻsht tarkibida toʻyintirilgan yogʻlar koʻproq; 

Goʻsht eng sogʻlom ovqat emasligining yana bir sababi – yogʻ. Aynan u steyk va gamburgerlardagi yoqimli taʼm va hidning sababi sanaladi. Biroq yogʻ yurak salomatligi uchun zarar boʻlishi mumkin va xolesterin darajasini oshiradi. Yongʻoq, avokado va qizil baliq yogʻning sogʻlom manbai hisoblanadi. 

Teglar