Osiyoda tashrif buyurish kerak bo‘lgan muzeylar

  • 15:51 / 05.07.2019
  • 415

Osiyo dunyoning ko‘plab qadimiy sivilizatsiyalari tug‘ilgan joy hisoblanadi. Dunyoning bu qismida ko‘plab tarixiy va arxeologik durdonalar to‘plangan bo‘lib, muzeylarda eksponat sifatida saqlanadi. Ularning ko‘pchiligi mashhur obidalar sanaladi, deb hisoblaydi facte.ru.

Chendu muzeyi (Xitoy)

Chendudagi Tyanfu maydonida joylashgan. Bu yerda doimiy va vaqtinchalik eksponatlar: tarixiy artefaktlar, hukmdorlar kolleksiyalaridagi buyumlar, sopol, chinni va boshqa ko‘p  narsalar. Chenduda suv transportining Tan sulolasi davridagi evolyutsiyasi aks ettirilgan. Beshinchi qavatda qo‘g‘irchoq teatri va soyalar teatri joylashgan.

Tabiatshunoslik milliy muzeyi (Tayvan)

Bu obida Taychjun shahrining shimoliy tumanida joylashgan. U 89 ming kvadrat metr maydonni egallagan va biologiya, geologiya, antropologiya kabi ilm-fanning turli sohalari bilan bog‘liq eksponatlarni saqlaydi. Bu yerda teatr, tabiiy fanlar va insoniyat sivilizatsiyasi zallari asosiy obektlar sanaladi.

Nankin (Xitoy)

Nankinda 400 mingdan ortiq turli buyum va ekspozitsiyalar, jumladan, Min va Tsin davrlari imperator chinnisi ham ommaga namoyish etiladi. Bronza buyumlar, Min va Tsin davri haykallari, nefritdan ishlangan buyumlar, xalq ijodiyoti asarlari boshqa mashhur eksponatlar qatoridan joy egallaydi.

Janubiy Koreya milliy muzeyi

Bu Koreya san'ati va tarixiga bag‘ishlangan dargoh. Muzey Seuldagi Yunsan rayonida joylashgan. U 1945 yilda ochilgan. U yerda koreys tarixi, san'ati va arxitekturasi bilan bog‘liq ko‘plab eksponatlar saqlanadi. Bu Sillaning oltin toji, o‘yga tolgan Bodxisatt va XII isiriqdoni va boshqa ko‘plab qiziqarli narsalarni ko‘rishingiz mumkin. Joy o‘quv va tadqiqot markazi vazifasini bajaradi. Bu yerda turli ta'lim dasturlari va ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

Chjetszyan provinsiyasi muzeyi (Xitoy)

Bu muzey Xanchjou shahridagi Sixu ko‘lidagi Guyshan orolida joylashgan. Unga 1929 yilda asos solingan va bu yerda hududning boy tarixi bilan bog‘liq 100 mingdan ortiq eksponatlar bor.

XXR ilm-fan va texnika muzeyi

Pekinda joylashgan va 1988 yilda mamlakat hukumati tomonidan asos solingan. Ilmiy ongni shakllantirish va ilm hamda texnika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga ko‘mak ko‘rsatish asos solish uchun maqsad bo‘lgan.

Xitoy milliy muzeyi

Bu Osiyodagi eng yirik va eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzey. U Pekindagi Tyananmen maydonining sharqiy tomonida joylashgan. Muassasa XXR hukumati tomonidan boshqariladi. Kolleksiya milliy xazina deb tan olingan.

Milliondan ortiq eksponatlar insoniyatning uzoq evolyutsiyasi va Tsin sulolasiga qadar ushbu hududga ko‘chib o‘tish bosqichlari haqida hikoya qiladi. Bu yerda zamonaviy tarix haqida ham ko‘plab qiziqarli faktlarni bilib olish mumkin.

Teglar