“O‘smir farzandingiz bilan til topisha olmayapsizmi?” – Psixolog tavsiyalari

  • 18:00 / 21.09.2021
  • 167

O‘smirlik davrining inqirozi zamonaviy dunyo oilalarining eng dolzarb muammolaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘smirni ba’zida tushunish qiyin, ammo ota-onalar hamisha o‘zlarini uning o‘rniga qo‘yib, nimadan bezovtalanayotganini aniqlashlari lozim. Axir uning ham o‘ziga yarasha muammolari bo‘ladi.
Bu muammolarga “shunchaki” deb qarash aslo mumkin emas. Albatta, bu kattalarga oddiy bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo o‘smir yoshdagi farzand uchun ancha mushkuldek tuyuladi.
O‘z o‘rnida kattalarning muammolari ham o‘zlari kabi katta bo‘ladi. Deylik, oilaviy munosabatlardagi ziddiyatlar, tabiiyki, erkak va ayolning ruhiyatiga birdek jiddiy zarar yetkazadi.
Shuningdek, bu kabi o‘zaro kelishmovchiliklar bolalar ruhiyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Bunday vaziyatlarda oilaviy psixolog, vaziyat keskinlashgani sayin esa psixoterapevt maslahatlariga ehtiyoj oshadi.
Agar siz ham fikrimizga qo‘shilsangiz, u holda sizga yaxshi yangiligimiz bor. Qanday deysizmi?
Endi siz oilaviy munosabatlaringiz yuzasidan mutaxassis huzuriga borish uchun ortiqcha harakat va xarajat qilishingizga hojat yo‘q. Boisi, Xabardor.uz ijodkorlari siz uchun malakali psixolog va psixoterapevt Zebiniso Ahmedova bilan suhbat uyushtirdi.