Ota va qizning insonga o‘rnak bo‘luvchi 39ta xayrli ishi

  • 17:03 / 08.10.2016
  • 7948

Bir kuni Li Bek (Lee Beck) va uning qizi Ameli (Amélie) o‘z tug‘ilgan kunini o‘zgacha tarzda nishonlashga qaror qilishdi.

Shovqin-suronli aylanishlar va bolalar bayrami o‘rniga ular bu yilni yanada ajoyibroq va shu bilan birga juda ham ta'sirli nishonlashga harakat qilishdi.

Yil davomida ular birga 39ta xayrli ishlarni amalga oshirishdi. Nega aynan bunday g‘alati raqam? Sababi, ularning joriy yilda yoshi birgalikda aynan shunday bo‘ladi: Li — 32, qizi esa — 7 yosh.

Mazkur aksiya yordamida Li va Ameli o‘zining ona shahri Oksford (Buyuk Britaniya)dagi turli insonlarga yordam berish yoki shunchaki "rahmat" aytishni istashdi.

Quyida bu ajoyib ota-bolaning ezgu ishlaridan ayrimlari bilan tanishing:

  • Politsiya xodimlari va o‘t o‘chiruvchilarga shokoladlar keltirishdi
  • Ulardan keyin kir yuvish xonasiga tashrif buyuruvchilarga pul va xat qoldirishdi
  • Mahalliy bolalar kutubxonasiga kitoblar berishdi
  • Atrofdagilarga «Omad!» so‘zi yozilgan lotoreya chiptalarini tarqatishdi
  • Bog‘dagi chiqindilarni terishdi

  • Atrof-muhitni himoya qilish jamg‘armasiga ehson qilishdi 
  • Muhtojlarga eski kiyimlarni tarqatishdi
  • Ameli maktabga chiroyli qalamlar olib keldi va ularni sinfdoshlariga tarqatdi 
  • O‘nlab sovun pufakli o‘ramlarni tarqatishdi 
  • Bog‘da bolalar topib o‘ynashi uchun dinozavrli o‘yinchoqlarni berkitib chiqishdi
  • Avtomatga noma'lum inson uchun shokolad bilan pul qoldirib ketishdi 

Qog‘ozdagi yozuv: «Bepul shokolad! Mehribonchilikning ushbu tasodifiy hodisasidan rohatlaning. Balki, siz ham kimdir uchun qandaydir yoqimli ishni amalga oshirarsiz? Uchrashguncha!»

Har birining eng sevimli xayrli ishi bor edi. Ameliga, masalan, insonlar suvga otib, niyatlar tilashi uchun tanga qoldirish g‘oyasi juda yoqdi. 

Yozuv: «Bepul tilak! Iltimos, tangani oling».

Li uchun eng yoqimli va muhim ish qachonlardir shifokorlar va hamshiralar uning buvisiga g‘amxo‘rlik qilgan yerga tashrif buyurish bo‘ldi. Qizi bilan birga shifoxona bog‘i uchun chiroyli o‘simlik sovg‘a qilishdi.

Li va uning qizi kelajakda bu tajribani qaytarishga qaror qildi, biroq endi ular yanada mo‘jizaliroq bo‘lishi uchun bu ishlarni o‘zaro amalga oshirish istagida.

Ularning insonni ta'sirlantiruvchi 39ta esgu ishlar haqidagi videohisobotini tomsha qiling va siz ham mana shunday xayrli ishlardan o‘rnak oling.

Teglar