O‘tgan 7 oyda qariyb 170 milliard so‘mlik “chiroyli” avtoraqamlar sotilgani ma’lum bo‘ldi

  • 16:56 / 12.08.2021
  • 261

2021-yilning yanvar-iyun oylarida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd. so‘mlik 83,2 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi.

Bu haqda bugun, 12-avgust kuni Respublika tovar xomashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qilindi.

Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi bo‘yicha – 42 foizga o‘sgan. 

Shuningdek, sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln. so‘mni tashkil qildi.

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2 mln. so‘mga teng bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Respublika tovar xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020-yilning mos davriga nisbatan 46,7 foizga o‘sib, qariyb 46 trln. so‘mni tashkil qilgan.