O‘tgan haftaning eng e'tiborli voqealari

  • 05:51 / 10.11.2014
  • 3811

Yevropa chempionatlarida oxirgi dam olish kunlari bir-biridan g‘aroyib voqealarga juda boy o‘tdi. Muxlislarni xursand qilgan holda jamoalar juda ko‘p golli o‘yinlarni namoyish etishdi. APL da "Sautgempton" "Sanderlend"ni 8:0, La-Ligada "Real Madrid" "Levante"ni 5:0, Bundesligada "Bavariya" "Verder"ni 6:0, Shotlandiyada "Seltik" "Kountri"ni 6:0 va Rossiyada "TsSKA" "Kuban"ni 6:0 hisoblarida tor-mor etdi. Bundan tashqari ham bir talay qiziq voqealar ro‘y berdiki, buni quyidagi ro‘yxat orqali bilib olishingiz mumkin. 1. O‘tgan yilgi jarohatlaridan to‘la forig‘ bo‘lib olgan Serxio Aguyero o‘z goleadorlik qobiliyatini namoyish etishni boshladi. U "Manchester Siti" va "Tottenxem" uchrashuvida "shaharliklar"ning kiritgan barcha 4 goliga mualliflik qildi va endi APL to‘purarlari ro‘yxatida Diyego Kostani ta'qib etishga kirishdi. Shunisi qiziqki, u beshta gol kiritishi ham mumkin edi. Lekin, uning penaltidan bergan zarbasini "shporlar" darvozaboni Ugo Loris bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

1-Serxio1

2. Sesk Fabregas "Chelsi" uchun APL o‘yinlaridagi ilk golini urdi. U shu kungacha 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo‘lsa-da, hali o‘zining golini nishonlamagandi. "Chelsi" "Kristal Pelas"ni qabul qilgan o‘yinda uning goli 2:1 hisobidagi g‘alabani ta'minladi va o‘tgan mavsum oxirida "aristokratlar"ni chempionlikdan qilgan ushbu jamoadan o‘ziga xos qasos olindi. 2-Sesk Fabregas1

3. "Xall Siti" Londonda "Arsenal" bilan o‘yinda 2 ochko yo‘qotdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha g‘alaba qozonib turgan mehmonlar, hakam tomonidan qo‘shib berilgan eng oxirgi daqiqada o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishib, yutuqdan mosuvo bo‘lishdi. "Arsenal" ning irodali durangi muallifi esa Denni Uyelbek.

3-Uelbek1

4. "Sautgempton" o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan "Sent-Merris" stadionida "Sanderlend"ga o‘nglanmas zarba berdi: sakkiz-u nol! Bu o‘yinda Dushan Tadich bitta gol va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

4-Dushan Tadich1

5. "Liverpul" va "KPR" bahsida so‘nggi 8 minut ichida muxlislar darvozalarga 8 ta gol kiritilishining guvohi bo‘lishdi. O‘yinning oxirgi "sakkiz minutligi" boshlanguniga qadar, mersisaydliklar 1:0 hisobida oldinga borishayotgan edi. "KPR" murabbiyi Xarri Rednapp vaziyatdan chiqib ketish uchun chililik hujumchi Vargasni maydonga tashlaydi va u to‘pga ilk teginishidayoq hisobni tenglashtiradi, 2 daqiqadan so‘ng 2 chi golini ham uradi. Lekin uning harakatlari oxir-oqibat jamoaga ochko keltirmaydigan bo‘ldi. Chunki, tajribali "Liverpul" futbolchilari keyingi daqiqalarda kuchli bosim uyushtirib, yana 2 gol evaziga irodali g‘alabaga erishishdi.

5-Liverpul1

6. "Yuventus" ilk marta ochko yo‘qotdi. Bu voqea turinliklar "A" seriya autsayderi "Sassuolo" maydoniga safar uyushtirgan turda ro‘y berdi. O‘yin boshida Pol Pogba gol urisha erishgan bo‘lsa-da, keyinchalik mezbonlar hisobni tenglashtirib, o‘yin oxirigacha shu natijani saqlab qolishdi.

6-Pol Pogba1

7. Asosan raqiblar hujumini buzishga ixtisoslashgan Mattia Destro endilikda gol urish bilan shug‘ullanmoqda. U bu turda ham "Roma" uchun gol urdi va "Roma" bu turda ham 3 ochkolik bo‘ldi. Endi rimliklarning turnir jadvalida "Yuventus" bilan oradagi farqi 1 ochko bo‘lib turibdi.

7-Mattia Destro1

8. Keysuke Xonda. Bu yaponiyalik ayni damda "Milan"ning yaqqol yetakchisi. U bu turda "Verona" darvozasiga 2 ta gol kiritib, chempionat to‘purarlari ro‘yxatida ham yetakchiga aylandi.

8-Keysuke Xonda1

9. Lionel Messi o‘zining La-Liga uchrashuvlaridagi 250-golini kiritdi va bu boradagi Ispaniya chempionati rekordchisi Tel'mo Sarrni quvib o‘tish arafasida. U yana 2 goldan keyin chempionatda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanadi.

9-Lionel Messi1

10. Krishtianu Ronaldu "Levante" darvozasiga 2 ta gol urgach, 8 ta o‘yinda 15 gol urgan yagona futbolchiga aylandi. 10-Krishtianu Ronaldu1

11. Dortmundning omadsizliklari davom etadi. Jamoa navbatdagi turda ham "Kyoln"dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnir jadvalida 14 chi o‘ringa tushib ketdi.

11-Dortmund1

12. "Bavariya" "Verder"ni 6:0 hisobida mag‘lub etgani hayron qolgulik voqea emasdir. Lekin bu gollarni 2 tasiga qariya himoyachi Filipp Lam mualliflik qilganiga nima deysiz?

12-Filipp Lam1

13. "Marsel" ning g‘alabali seriyasi davom etadi. Jamoa "Tuluza"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgach, darvozabon Stiv Mandanda ham "quruq seriyasi"ni davom ettirmoqda. Murabbiy Marselo Belsa esa, "Tuluza" bilan o‘yinni maydon chetida o‘z odaticha o‘tirib olgancha kuzatdi. Lekin bu safar u quyidagi rasmda ko‘rsatilganidek, o‘yinni bamaylixotir kofe ichib tomosha qildi.

13-Marsel1

14. Braziliyalik yarimhimoyachi Ernanes "Napoli" bilan o‘yinda asosiy tarkibga kiritildi va murabbiy ishonchini oqlagan holda, jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golni kiritib, uni quyidagicha salto otish orqali nishonladi.

14-Ernanes1

Teglar