Oydinoy To‘xtayeva: Urfdan qolgan liboslarni tashlab yuborishga shoshilmang!

  • 20:46 / 23.09.2021
  • 100

Fasllar o‘zgarishi bilan ayollar oldida bir masala hamisha ko‘ndalang turadi. Ya‘ni, yangi mavsumda qanday rangdagi liboslar urfda bo‘ladi?


Albatta kiyim xarididagi eng muhim jihat ham joriy mavsumda qanday ranglar va liboslar urfda bo’lishini aniqlab olishdir.
Oq-qora, zumrad rang, ko’k, kulrang, och yashil hamda jigarrang liboslar bu mavsumda hech bir xonimni befarq qoldirmasligi aniq.
Oltin kuz faslida boshqalardan ajralib turishni yoqtiradigan ayollar uchun esa dizaynerlar siyohrang, tillarang, qizil va yorqin apelsin rangidagi liboslarni taqdim etishoqda.
Endi siz libos tanlashda zamon bilan hamnafas bo‘lish barobarida, garderobingizdagi urfdan qolgan liboslaringizni zamonaviylashtirib, kuzning salqin va yomg’irli kunlarida ham eng latofatli va betakror xonimga aylana olishingiz mumkin.
Qanday qilib deysizmi? Yaxshisi, mahoratli imidjmeyker Oydinoy To‘xtayevaning bu boradagi qimmatli tavsiylarini o‘zingiz tomosha qiling.