Oyning yorug‘ligi kuchi aniqlandi

  • 11:07 / 08.11.2019
  • 38

Foto: iStock

Olimlar oy yorug‘ligining issiqlik darajasini o‘lchash maqsadida bir qancha tajriba o‘tkazishdi va oy nuri ham isitadi, degan xulosaga kelishdi.
 
Yorug‘lik fotonlardan, ya’ni elektromagnit quvvatining kvantlaridan tashkil topgan. Yerga tushgan yorug‘lik singish jarayonida o‘zidagi quvvatni chiqaradi va qizish yuzaga keladi. Hosil bo‘lgan bu issiqlik bolometr deb nomlanuvchi asbob yordamida o‘lchanadi. 

Oy nuri qizdirar ekan, faqat juda kam miqdorda bo‘lganligi uchun biz buni sezmaymiz. Balometr esa uni o‘lchay oladi. To‘linoydan tushadigan nur quyoshdan keladigan nurdan 400 ming barobar kuchsiz bo‘lganidan, biz uni sezmaymiz, deb yozadi vokrugsveta.ru nashri.  

Teglar