Oʻz ishining haqiqiy mutaxassisi boʻlish uchun qancha vaqt kerak?

  • 14:34 / 11.09.2019
  • 565

Har bir inson oʻz sohasida professional darajaga erishishni xohlaydi. Bu tabiiy hol. Axir, biz bu bilan yaxshi maosh olishimiz, oʻz ehtiyojlarimizni qoplashimiz, hatto kerakli mutaxassisga aylanishimiz mumkin. Shaxsiy samaradorlik boʻyicha ba’zi mutaxassislar professional koʻnikmalarga ega boʻlish uchun 10 ming soat davomida qattiq mehnat qilish lozimligini ta’kidlaydi. Uzoq vaqt davomida bu nazariya juda toʻgʻri deb hisoblangan va u aksariyat biznes kitoblariga ham kiritilgan.
Koʻrinib turibdiki, hozirda vaziyat umuman boshqa. Bu nazariya esa xato koʻrinadi...

Umuman olganda, “10 ming soat qoidasi” 1990-yillarda Berlin musiqa Akademiyasining psixologi Anders Eriksson tomonidan oʻylab topilgan. U skripkachi talabalarni uch guruhga ajratgan holda tadqiqot oʻtkazadi. Birinchi guruh “yulduz” guruhi, ular kelajakda taniqli musiqachi boʻlishi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi guruh “oʻrtahollar” ular kichik shaharlarda taniqli boʻlish imkoniyatiga ega. Uchinchi guruhdagilar esa “begona odamlar” guruhi, ular uzogʻi bilan oddiy maktablarda musiqa oʻqituvchilari boʻlishi mumkin boʻlganlarni oʻz ichiga oladi.

Qanday qilib professionalizmga erishish mumkin?
Soʻrovnomadan soʻng, deyarli barcha talabalar musiqa bilan 5 yoshidan shugʻullana boshlagani aniqlandi. Birinchi uch yil davomida ular haftasiga 2-3 soat davomida skripka cholgʻu asbobi ustida ishladi. Biroq, vaqt oʻtishi bilan ayrim talabalar kamroq mashq qilishni boshlashdi. Ammo ba’zilari juda katta qiziqish bilan davom etib, haftasiga 30 soatgacha mashq qilgani maʼlum boʻldi. Psixologning hisob-kitoblariga koʻra, bu talabalar oʻz ishining haqiqiy ustasi boʻlishgan, ayrimlari 20 yoshidayoq muvaffaqiyatga erishgan. Bu vaqtga kelib, ular skripkada 10 ming soat atrofida shugʻullanishdi va ushbu qoida tarixda qoldi.


8 yil davomida skripka yoki gitara chalish bilan shugʻullanish vahimadek tuyulsa kerak. Biroq Ogayo shtatining psixologlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotlar sizni xursand qilishi mumkin. Ular 1990-yillarning tajribalarini 39 nafar koʻngilli ishtirokida qayta oʻtkazishga qaror qilishdi. 20 yil davomida eng tajribali musiqachilar faqat 6 ming soat mashq qilishgan. Undan avvalgi vaqtlarda esa skripkachilar naqd 11 ming soat shugʻullangan edi. Demak, kasb-hunar egallash uchun koʻp vaqt sarflashingiz shart emas. Professionalizm uchun bunday koʻp vaqt sarflashga hojat yoʻq. 

Bundan koʻrinib turibdiki, oʻsha zamonlarda chindan ham juda koʻp vaqt sarflab haqiqiy professional darajasiga erishilgan. Buning sababi oddiy. U paytlarda insonlarni chalgʻituvchi, fikrini boʻluvchi vaziyatlar deyarli boʻlmagan. Hozirda esa, vaziyat umuman oʻzgargan. Texnika shiddat bilan rivojlanib, oʻrganish usuli ancha-muncha osonlashgan. 

Teglar