O‘zA Mediamarkazi tashkil etiladi 

  • 10:09 / 03.12.2019
  • 52

Foto: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

Kecha – 2-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) faoliyatini takomillashtirishga oid qarorini imzoladi.
Unda O‘zA tarkibida Media markaz tashkil etish va uning asosiy vazifalari belgilash ko‘rsatilgan. 

Quyidagilar O‘zA Media markazining asosiy vazifalari etib belgilandi:
– axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eshittirish va ko‘rsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlash, audio va video materiallarni qayta ishlash, ularni O‘zA’ning veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib berish; 

– axborotni qayta ishlash va tarqatishning zamonaviy usullaridan, jumladan, infografika, moushn-grafika, ijtimoiy rolik, 360 formatidagi video va boshqalardan keng foydalanish; 

– davlat organlari mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish. 

O‘zA Media markazini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zA va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ilgari surilgan.