O‘zbek bokschisi chempionlik kamari uchun jang qiladi

  • 10:57 / 28.11.2019
  • 1083

Professional boksning yengil vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Yoqubov dekabr oyida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqida GoSport.uz xabar bermoqda.

Jang 8 raunddan iborat

Yoqubov 15-dekabr kuni Tailandning Pattayya shahrida hindistonlik Rakesh Lohchabga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang IBA yo‘nalishining Intercontinental chempionlik kamari uchun kechadi va 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Yoqubov hozir Tailandda

Eslatib o‘tamiz, faoliyatini Tailandda davom ettirayotgan bokschi so‘nggi marta noyabr oyi boshida hindistonlik boshqa bir bokschi Abhilash Rautga qarshi ringga chiqib, raqibini ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgandi.