O‘zbek olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan “Rutan” preparati may oyidan sotuvga chiqariladi

  • 08:00 / 23.04.2021
  • 349

Joriy yil 22-aprel kuni AOKAda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan “Rutan” preparati va uning xususiyatlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda “Rutan” preparati va uning xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur dori 100 milligrammli dozada 20 ta tabletka bitta qadoqda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Buning uchun barcha ruxsatnoma olish ishlari yakunlangan. Preparat aprel oyi oxiri va may oyining boshida sertifikasiyalanib, ishlab chiqariladi hamda erkin savdosi yo‘lga qo‘yiladi. May oyining o‘rtalaridan respublikaning barcha dorixonalaridan olish mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Rutan” preparati Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti hamda Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari hamkorligida totum Rhus coriaria (sumax) o‘simligidan ajratib olingan. Shuningdek, dori SARS-COV-2 virusiga qarshi yagona samarali vosita deb topilib, u antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega.
Klinik sinov natijalariga ko‘ra, o‘rtacha og‘irlikda kechayotgan o‘pka yallig‘lanishi 30 foiz bo‘lgan COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qo‘llash uchun ruxsat etilgan.