O‘zbekiston 8 oy mobaynida qancha meva-sabzavot eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

  • 20:52 / 20.09.2021
  • 179

2021-yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 548,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 948,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Quyida yanvar-avgust oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlar miqdorini ko‘rishingiz mumkin:
meva va rezavorlar – 198,4 ming tonna;
quritilgan meva va rezavorlar – 32,7 ming tonna;
sabzavotlar – 576,7 ming tonna;
qalampir – 9,8 ming tonna;
uzum – 57,2 ming tonna;
mayiz – 21,6 ming tonna;
yeryong‘oq – 13,0 ming tonna;
tarvuz-qovun – 53,6 ming tonna.