O‘zbekiston aholisi 17 iyulga o‘tar kechasi Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi

  • 01:37 / 16.07.2019
  • 1294

16 iyuldan 17 iyulga o‘tar kechasi Oy tutilishi yuz beradi. U O‘zbekistonning butun hududidan ko‘rinadi, deb xabar bermoqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.  

Bunda uchta samo jismi – Quyosh, Yer va Oy bir chiziqda turib, Yer soyasi Oy sirtiga tushadi.

Oy tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 01:01 da boshlanadi. Soat 2:30 da uning maksimal fazasi boshlanib, Oyning 66 foizi soya bilan yopiladi.

Quyosh gardishi qismlari ko‘rinmay qoladigan quyosh tutilishidan farqli, Oy tutilishida u butun tutilishi vaqtida ko‘rinib turadi va qizg‘ish-jigarrang ko‘rinish oladi.