O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon 301,3 ming kishiga ko‘paydi

  • 10:04 / 26.07.2021
  • 209

2021-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi soni 34,9 mln. kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilshicha, doimiy aholining o‘sish sur’ati 101,9 foizga teng. Aholi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 50,2 ming kishiga ko‘paygan.

Shuningdek, 2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,7 ming kishiga oshgan.

Ma’lumot uchun, yanvar-iyun oylarida 79,7 mingta o‘lim qayd etilgan.

Teglar