O‘zbekiston BAAda o‘tkaziladigan “Ekspo-2020” umumjahon ko‘rgazmasida qatnashadi

  • 14:36 / 05.01.2020
  • 213

Investitsiya va tashqi savdo vazirligida O‘zbekistonning 2020-yil oktabr oyidan 2021-yilning aprel oyigacha BAAda bo‘lib o‘tadigan “Ekspo-2020” umumjahon ko‘rgazmasida ishtirokiga tayyorlanish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning ishchi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘rgazma “Tafakkurni birlashtirib, kelajakni barpo etamiz” shiori ostida 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

•  Imkoniyat (Opportunity);
•  Mobillik (Mobility);
•  Barqarorlik (Sustainability). 

O‘zbekiston ko‘rgazmasi “Mobillik” yo‘nalishida taqdim etilib, 1 739 kv.metr maydonda namoyish etilladi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning “Ekspo-2020” umumjahon ko‘rgazmasidagi ishtirokiga tayyorlanish jarayoni, xususan, bajarilgan ishlar natijasi, joriy masalalar va yaqin kelajak uchun faoliyat rejasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
 
Ma’lumot uchun, “Ekspo-2020” bo‘lib o‘tadigan asosiy maydon 438 gektarni tashkil qilib, Dubay va Abu Dabi shaharlarining oralig‘ida joylashgan. Ko‘rgazmaga 180 davlatdan 25 mln.dan ortiq tashrifchi borishi kutilmoqda.