O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi

  • 18:20 / 06.04.2021
  • 55

Filialning asosiy vazifalaridan biri milliy musiqa san’ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. 
Bu borada joriy yil 5-aprel kuni Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Mazkur filialda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi.

Bunda qabul kvotalari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.