“O‘zbekiston dunyoning urib turgan yuragi bo‘lgan” – CNN Travel

  • 09:38 / 25.01.2020
  • 327

CNN Travel sayyohlar Markaziy Osiyo javohiri hisoblangan O‘zbekistonda nima bilan shug‘ullanishi mumkinligiga oid ajoyib maqolasi bilan bo‘lishdi.

 “Bir paytlar, O‘zbekiston dunyoning urib turgan yuragi bo‘lgan. U Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan bo‘lib, Xitoy va Hindistondan O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan mamlakatlarda savdo uchun eng sara tovarlarni o‘zida jamlab tarqatgan. Yana bir muhim jihati shundaki, ushbu savdo tarmog‘idan algebradan tortib to arab tili va astronomiyaga oid bilimlar oqimi o‘tgan. Bugun O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilib, ushbu hodisalarning izlari va boshqa ko‘p narsalarni ko‘rishingiz mumkin”, deyiladi maqolada. 

01 Uzbekistan photos

Shuningdek, maqolada Toshkent metropoliteni haqda ham to‘xtalib o‘tilgan.
“Metroga tushing! 

1977-yilda ochilgan Toshkent metrosi ajoyib ixtirodir. 2018-yilgacha metroda suratga va videoga olish taqiqlangan edi, ammo endi ushbu qoida bekor qilindi”. 

O‘zbek noni ham esdan chiqmagan albatta.

14 Uzbekistan photos

“Nonidan tatib ko‘ring!

11 Uzbekistan photos

O‘zbek oshxonasida loydan yoki g‘ishtdan yasalgan tandir alohida o‘rin egallaydi. Unda har zamonda qovoqli, kartoshkali va qo‘y go‘shtli somsa yoki sixlangan qaynoq go‘sht tayyorlanadi. Ammo o‘zbekning yopgan noni haqida gap ketganda, bularning bari ikkinchi darajaga chiqadi. Non hamma joyda mavjud va u mamlakatning har bir viloyatida o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘lib, har bir taom bilan birga taqdim etiladi. Non hayot ramzi sifatida qabul qilinadi."
Tarixiy obidalarga ham alohida urg‘u berilgan.

04 Uzbekistan photos

05 Uzbekistan photos

“Ko‘zni qamashtiruvchi maqbaralar bo‘ylab sayr qiling! 
Har kuni sayyohlar oqimi Bibixonim masjidi va go‘zal Registon majmuasini tomosha qilish maqsadida qadimiy Samarqandni bosib o‘tmoqda. Ammo ularning orasida eng ajralib turuvchisi – Shoxi Zinda. Maqbaralar tarqoq joylashgan bo‘lsa-da, ko‘k rangli go‘zal naqshlar xuddi moviy osmon kabi mavjlanib turibdi”.  

02 Uzbekistan photos

06 Uzbekistan photos