O‘zbekiston eng sayohatbop Top-20 ro‘yxatida birinchi o‘rinda  

  • 10:22 / 07.01.2020
  • 246

Amerikaning “Harper's Bazaar” nashri 2020-yilda sayohat qilish lozim bo‘lgan 20 ta eng yaxshi davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi, unda O‘zbekiston birinchi o‘rinda qayd etildi. 

“Sayyoramizda bizni hayratga soluvchi Eyfel minorasi, Sidney opera teatri va Piramidalar kabi bir nechta sun‘iy inshootlar mavjud. Mana shu yodgorliklar qatoriga yana bir mo‘’jiza – Samarqand markaziy maydonida joylashgan uch bino, murakkab naqsh va moviy gumbazli Registonni ansambli qo‘shish vaqti keldi”, deyiladi maqolada. 

Registan Square, in Samarkand, Uzbekistan.

Shuningdek, unda 2016-yilda hukumatdagi o‘zgarishlar mamlakat turizmida sezilarli siljishga zamin yaratgani ta'kidlab o‘tilgan. “Yangi infratuzilmalar barpo etildi, butik-otellar paydo bo‘la boshladi. Restoranlar esa Markaziy Osiyo taomlarini xush ko‘ruvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlashdi”, deya izoh beriladi nashrda. 

“Harper's Bazaar” barchani O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlar ekan, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Farg‘ona vodiysiga alohida urg‘u berib o‘tgan. 

“Farg‘ona vodiysi nafaqat dunyodagi eng yaxshi kulolchilik buyumlari bilan, balki serviqor Tyan-Shan tog‘lari bilan o‘ralgan go‘zal manzarani ham namoyon etadi”, deyiladi saytda. Jurnalda qayd etilishicha, Top-20 ro‘yxatiga kiritilgan davlatlar kelgusi o‘n yillikning oxiriga kelib xalqaro miqyosda eng “qaynoq” turistik nuqtalarga aylanishi kutilmoqda.

Africa, Botswana, Kgalagadi Transfrontier Park, Mabuasehube Game Reserve, Mabuasehube Pan at sunrise

 Ma’lumot uchun, ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Botsvana, uchinchi o‘rinni Sidney (Avstraliya) egalladi. Ro‘yxatda Hyuston (AQSh), Braziliya, Yaponiya, Nyu-York (AQSh), Fransiya, Urugvay, Avstriya  davlatlari ham joy olgan. 

Cityscape image of Sydney, Australia with Harbor Bridge and Sydney skyline during sunset. Vacation and travel in Australia.