O‘zbekiston FIFAning yangi reytingida Rossiyadan ham yuqorida bo‘ladi

  • 13:45 / 13.10.2016
  • 4514

FIFA terma jamoalarning navbatdagi reytingini 20 oktabr kuni e'lon qiladi. O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralashi doirasida Eronga yutqazib, Xitoyni mag‘lub etdi. Natijada terma jamoamizning ochkolari 4 ballga kamayadi va 617 ballni tashkil etadi. 

Natijada, O‘zbekiston terma jamoasi 46-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida 2-o‘rinda bo‘lishini ta'minlaydi. Chunki Rossiya terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvdagi mag‘lubiyati tufayli 14 pog‘ona pastlaydi. Bu esa Rossiya termasinning Top-50ni tark etishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston esa Osiyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Bizdan oldinroqda Eron (837), Avstraliya (663) va Janubiy Koreya (640) terma jamoalari joy egallashadi.

Teglar