O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rnini 6 pog‘onaga yaxshiladi

  • 19:20 / 06.04.2021
  • 70

Iqtisodiy erkinlik ko‘rsatkichlari reytingida O‘zbekiston 152-o‘rin (2018 yil)dan 108-o‘rin (2021 yil)ga ko‘tarildi. 2020 yilda esa O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning 114-o‘rnida qayd etilgan.
Bu boradagi o‘sish 4 yilda 44 pozitsiyani tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning iqtisodiy erkinligi ko‘rsatkichi 58,3 bo‘lib, bu reytingda 108-o‘rinni egallashga imkon bergan. Shu tariqa Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 40 ta mamlakati orasida O‘zbekiston 21-o‘rinni egallab turibdi.
Indeksning yetakchi davlatlari esa Singapur, undan keyin Yangi Zelandiya, Avstraliya, Shveysariya va Irlandiya.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy erkinlik indeksi Heritage Foundation tadqiqot markazi tomonidan 1995-yildan beri The Wall Street Journal bilan hamkorlikda tuzib kelinadi.