“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” elektr energiya resurslari va energiya ishlab chiqarish xomashyo narxlarini e’lon qildi

  • 14:58 / 11.09.2019
  • 263

Foto: xabardor.uz

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini ynada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga asoslangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya ma’lum qilmoqda Xabardor.uz muxbiri.

“O‘zbekiston milliy eletr tarmoqlari” AJ 2019-yilda O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari bo‘yicha jami 51,6 milliard kvt.soat elektr energiyasini transpartirovka qilish majburiyatini olgan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 104,2 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.

2019-yilning yanvar-avgust oylarida jami 32,9 milliard kvt. soat elektr energiyasini transpartirovka qilindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100,4 foizni tashkil etadi.

Elektr energiya resurslari va energiya ishlab chiqarish xomashyo narxlari (narxlar tegishli tartibda o‘zgarishi mumkin)

•  1 Tonna mazut – 2800.0 ming so‘m;

•  1000 metr kub tabiy gaz – 660.0 ming so‘m;

•  1 Tonna ko‘mir (Angren) – 288.8 ming so‘m;

•  1 Tonna ko‘mir (import) – 328.5 ming so‘m;

•  1000 metr kub yer osti gaz – 92.9 ming so‘m;

•  1 kvt.s elektr energiya yuridik istemolchilar uchun – 450.0 so‘m;

•  1 kvt.s elektr energiyasi aholi uchun esa – 295.0 so‘m.


Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 480,5 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalshtirilgan.