O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQShga tashrif buyuradi

  • 14:04 / 11.07.2019
  • 139

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bu hafta AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum ma'lum qildi.

“Men O‘zbekiston bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorligimizni chuqurlashtirishni istayman. Bu nafaqat kuchli mushtarak maqsad o‘laroq birgalikda Afg‘onistonga tinchlik va farovonlik olib kelishni, balki buzg‘unchi ekstremizm, transmilliy jinoyat, giyohvand moddalar savdosi va boshqa xatarlarga qarshi kurashda hamkorlik qilishni ham anglatadi. 

Biz bu sohada birgalikda ko‘p ish qilmoqdamiz, bu hafta mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQShga safar qilib, Vashingtonda rasmiylar, jumladan, mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi janob Esper bilan uchrashadi”, - dedi elchi.

Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar ma'lum bir sohalarda, masalan sud-huquq islohotlari, sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalarida O‘zbekistonga foydali tajriba va bilim taklif etishi mumkin.