O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi avgustda 326 tonnani tashkil etdi

  • 17:28 / 14.08.2019
  • 233

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarni yangiladi.

1-avgust holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 27,72 mlrd dollarni tashkil qildi. Undan 12,28 mlrd dollari chet el valyutasidagi zaxiralar bo‘lsa, 15,08 mlrd dollari oltindir. Umumiy zaxiralar hajmi bir oy davomida deyarli o‘zgarmadi.

Biroq, zaxiralardagi oltin miqdori o‘zgardi - avgustda u 326 tonnani tashkil etdi.