O‘zbekiston Opensignal internet reytingida oxirgi o‘rinlarda qayd etildi

  • 18:22 / 30.05.2019
  • 437

O‘zbekiston Opensignal mobil tarmoqlar faoliyati reytingida oxirgi o‘rinlarda qayd etildi. 

Opensignal servisi dunyo mamlakatlarining mobil tarmog‘i faoliyati bo‘yicha yangi reytingini taqdim etdi. Unga ko‘ra,  internet tezligi bo‘yicha eng oxirgi o‘rinlarni Iroq (1,6 Mbit/s), Jazoir (3,1 Mbit/s), Nepal (4,4 Mbit/s) va O‘zbekiston (5 Mbit/s) egalladi. 

Reytingda internet eng yaxshi faoliyat ko‘rsatuvchi mamlakatlar sifatida Janubiy Koreya, Norvegiya va Kanada e'tirof etildi.

Opensignal reytingiga ko‘ra, internet tezligi bo‘yicha oxiridan to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan O‘zbekiston 4G tarmog‘idan foydalanish imkoni bo‘yicha eng oxirgi o‘rinni egallagan. Zero, ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi o‘rta statistik abonent 49,9 foiz holatda 4G’ga kirish imkoniga ega. Bu borada yetakchilar – Janubiy Koreya, Yaponiya va Norvegiya mamlakatlari. 

Teglar