O‘zbekiston Prezidenti BAA rahbariyatiga tabrik yo‘lladi

  • 11:25 / 02.12.2019
  • 132

Foto : Prezident Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum hamda Abu-Dabi amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga milliy baryam - BAA tashkil topgan kun munosabati bilan tabriklar yo‘lladi.