O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga boradi

  • 15:01 / 08.10.2019
  • 339

Foto : Prezident Matbuot xizmati

Ozarbayjonning "Qafqazinfo" nashri tarqatayotgan xabarga ko‘ra O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan boradi.

Bu haqida "Qafqazinfo" O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi birinchi o'rinbosari Sodiq Safaevga tayanib ma’lumot bermoqda.

Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Bokuda bo‘lib o‘tadigan VII sammitida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, sammit 14-15 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Sammit doirasida biznes-forum ham tashkil etilishi kutilmoqda.